7 ta hududda yana 238 ta bemor aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 238 nafarga oshib, 33 561 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining: 

•  132 nafari Toshkent shahrida (shundan 105 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 27 nafari O‘rtasaroy karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida); 
•  
•  35 nafari Samarqand viloyatida; 

•  32 nafari Toshkent viloyatida;

•  12 nafari Namangan viloyatida;

•  11 nafari Qashqadaryo viloyatida; 

•  10 nafari Sirdaryo viloyatida; 

•  6 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 71 yoshli M.O. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 51 yoshli U.P. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda O‘zbekistonda 27 213 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (81 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 6 130 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing