Tramp: "Putin ajoyib yigit”

Olam

image

28 iyun kuni Yaponiyaning Osaka shahrida G20 ning navbatdagi sammitida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp uchrashgani haqida xabar bergan edik. 

Donald Tramp ushbu uchrashuv haqida esga olarkan, Vladimir Putinni "yaxshi yigit", "ajoyib" deya ta’riflagan. 

"Biz, ikki buyuk davlat, Rossiya va AQSH savdoni tiklashimiz kerak. Kecha  yaxshi uchrashuv bo‘ldi. U ajoyib odam, katta rahmat ", qo‘shimcha qilgan Tramp.

Ma’lumot uchun, ikki davlat rahbarlari uchrashuvi 1 yarim soatga cho‘zilgan. Ikkala tomon ham o‘zaro suhbatda butun dunyo mamlakatlari bilan aloqalarni har tomonlama yaxshilashga bo‘lgan haraktlarni yoqlashini ma’lum qilgan.

"Ular Ukraina, Eron, Venesuela va Suriyadagi muammoli vaziyatlarni muhokama qilishdi", deya ma’lumot berildi Oq uyning Twitter'dagi sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing