Uitni Hyuston ijro etgan eng so‘nggi qo‘shiq taqdim etildi

Madaniyat-san’at

image

Uitni Hyustonning vafotidan yetti yil o‘tib u ijro etgan eng so‘nggi Higher Love qo‘shig‘i britaniyalik musiqachi Stiv Uindvud tomonidan kaver uslubida taqdim etildi. 

Qo‘shiqning original talqini 1986 yilda ijro etilgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, Hyuston bu qo‘shiqni qaytadan kuyladi. Bu qo‘shiq xonandaning I’m Your Baby Tonight (1990) nomli uchinchi albomidan joy oldi. 

Uitni Hyuston 2012 yil fevralda, Los-Anjelesda vafot etgandi. Amerikalik 48 yoshli xonanda mehmonxonadagi xonasida o‘lik holda topilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, xonandaning o‘limiga ko‘p miqdordagi giyohvand moddasi iste’mol qilishi va yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. 

Xonandaning I Will Always Love You, Run To You, All The Man That I Need va I Have Nothing qo‘shiqlari muxlislar tomonidan sevib tinglanadi. U hayoti davomida olti bor "Grammy" mukofotini qo‘lga kiritgan. Hyuston ishtirokidagi "Xos soqchi" filmi hamon muxlislari tomonidan sevib tomosha qilinadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing