+289. 8 hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 289 nafarga oshib, 15896 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlar:

•    38 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;

•    52 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

•    98 nafari Toshkent shahrida;

•    40 nafari Andijon viloyatida;

•    20 nafari Samarqand viloyatida;

•    19 nafari Jizzax viloyatida;

•    9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

•    9 nafari Namangan viloyatida;

•    4 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 6813 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

528

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing