2020 yilda qariyb 2 ming kishi YTH natijasida halok bo‘lgan

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1962 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB rahbar va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi:

Bu ko‘rsatkich 2019 yilgidan 6,3 foizga kam. Ya’ni 2019 yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2094 nafarni tashkil etgan edi.

Vazirlik tashabbusi bilan maktab o‘quvchilariga “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘rgatish uchun “Harakat xavfsizligi sinfxonalari” hamda “Yo‘l harakatini o‘rganish maydonchalari” tashkil etildi.

Shuningdek, “Ma’muriy amaliyot” KAAT hamda dyhxx.uz sayti orqali vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan transport vositasini masofadan turib olib chiqishning elektron tartibi joriy etildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing