2020 yil mablag‘ini ham, sharoitini ham yaratamiz – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 31 yanvar kuni poytaxtning Olimlar ko‘chasidagi ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif buyurib, yangi Geologiya fanlari universitetining tamal toshini qo‘ygani haqida xabar bergan edik. 

Prezidentning qayd etishicha, yangi universitetning o‘quv binolari joriy yilning 1 sentyabriga qadar, ilmiy tadqiqot instituti, laboratoriya va yotoqxonalar esa 2021 yilning 1 yanvarigacha bitkaziladi. Bu haqda Prezident Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. 

“Qanday og‘ir bo‘lmasin, mablag‘ini ham hal qilib ertadan qurilishni boshlaymiz. Bugun qaror qabul qilishdan maqsadim umumiy qog‘ozdagi qaror bo‘lmasligi uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha sizlarning fikrlaringiz, niyatlaringiz shu qarorda ifoda etilishi kerak. Tadqiqotchilarimiz bor. Sizlarni nima qiynayapti? Yana nima yaratib berish kerak? Ilm bo‘yicha 2020 yil mablag‘ini ham, sharoitini ham yaratamiz. Va talabalarimiz, yosh tadqiqotchilarimizga qanday sharoit yaratishimiz kerak? Bugun mening maqsadim shu”, deydi Prezident.

Davlat rahbari  so‘zida davom etarkan, soha uchun yosh va tajribali mutaxassislar zarurligi, ularni kerak bo‘lsa, xorijda o‘qitib kelishga davlat mablag‘i ajratilishini ta’kidladi. Ularga qo‘yiladigan talablarni ham ochiqladi. 

“Kerak bo‘lsa bu yil har bir soha bo‘yicha kimyo, biologiya, geologiya, matematika bo‘yicha 50 tadan alohida mutaxassis – yosh olim bo‘ladimi, talaba bo‘ladimi, domla bo‘ladimi sizlar ma’qul ko‘rsangiz, men mablag‘ini topib beraman. Men bugun imzo qo‘yishga tayyorman chetga borib, o‘qitib kelishga. Lekin vatanparvarni berasizlar. Bugungi O‘zbekistonni yaxshi qilaman degan vatanparvar, tadqiqotchi, doktorant, yosh ilm o‘rganayotganlarni berasizlar. Attestatsiya qilasizlar. Tariximizni biladimi, tilimizni biladimi, bolalarimizni biladimi..?”


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev geologiya

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing