13 yashar qiz farzand ko‘rdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

Buxoroda 13 yashar qiz o‘g‘il farzand dunyoga keltirdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutddinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan 30 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2003 yilda tug‘ilgan gumondor shaxs tergovga jalb qilingan.  

“Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deydi Bosh prokuratura mas’uli. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, qiz ammasining o‘g‘li R.T. bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Bir necha yil ilgari o‘rta maktabni tugatgan R.T. ishlash uchun Rossiyaga ham qatnab yurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing