13 iyuldan poyezdlar va aviaqatnovlar ham to‘xtatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyulidan 1 avgustiga qadar respublika miqyosida karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilmoqda. 

Shu munosabat bilan joriy yilning 13 iyulidan boshlab mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va aviaqatnovlar ham to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot kotibi Navruz Ashurmatov ma’lum qildi. 

AOKAda o‘tgan brifingda qayd etilishicha, joriy yilning 10 iyulidan 1 avgustiga qadar bo‘lgan muddatda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ da 5900 ta chipta sotilgan.

Karantin choralari kuchaytirilib, poyezdlar qatnovi to‘xtatilgani sababli yo‘lovchilarga sotib olingan chipta pullari qaytariladi.

"Uzbekistan airways" AJ tomonidan "Toshkent-Nukus", "Toshkent-Urganch", "Toshkent-Termiz" yo‘nalishlarida 13 iyuldan 1 avgustga qadar bo‘lgan muddatga 332 ta aviachipta sotilgan.

Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati bir yilgacha haqiqiy hisoblanadi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashib aviaqatnovlar tiklanganda, yo‘lovchilar avval sotib olgan chiptalari bilan bemalol parvoz qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Transport vazirligi

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing