Hozircha joyini aytmayman – Prezident yangi Milliy akademik drama teatri qurishni taklif qildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaati davomida O‘zbekistonda Yangi akademik milliy drama teatri va Sanoat muzeyini qurishni taklif etdi.

“Toshkent shahrida eng markazida, hozircha joyini aytmayman biz tayyorgarlik qilyapmiz, agar sizlar qo‘llab-quvvatlasangiz yangi Milliy akademik drama teatri qursak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, mashhur yapon arxitektori loyihasi asosida Sanoat muzeyini qurish taklifi bildirildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, yangi zamonaviy kutubxona va Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ijod maktablaridan iborat madaniyat va ma’rifat majmuasini qurish bo‘yicha amaliyo ishlar boshlandi.

Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan poytaxt markazida “Istiqlol” kompleksi barpo etiladi.

Ilgari o‘tkazilgan Toshkent xalqaro kinofestivali “Ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivali nomi ostida qayta tiklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

338

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing