Homilador ayollarni koronavirusga qarshi emlashdan oldin alohida klinik tadqiqotlar o‘tkazish kerak

Salomatlik

image

Koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan homilador ayollarni emlashga ruxsat berish uchun alohida klinik tadqiqotlar o‘tkazish kerak. Bu haqda bugun, 22 sentyabr kuni N.F Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

"Men homilador ayollarni emlash bo‘yicha hech qanday tavsiyalar bera olmayman. Buning uchun alohida klinik tadqiqotlar o‘tkazish kerak", deydi u "Rossiyada COVID-19: professional hamjamiyatning fikri" mavzusidagi davra suhbatida.

Ginsburg, shuningdek, homilador ayollarda koronavirus infeksiyasi boshqa toifadagi odamlarga qaraganda osonroq kechadi, degan taxminni ham rad etmadi. 

"Homilador ayollarda nafaqat COVID-19, balki boshqa har qanday infeksiya bilan bog‘liq kasallik ham osonroq kechishi mumkin. Hatto, o‘lim darajasi 90 foiz bo‘lgan Ebola virusi ham homilador ayollarda yengilroq o‘tgani kuzatilgan", deydi ekspert.

Ginsburgning tushuntirishicha, homilador ayollar qon va hujayralaridagi antitanalar konsentratsiyasi, homilador bo‘lmagan ayollarnikidan ancha yuqori. Biroq, ushbu nazariyani koronavirus infeksiyasiga nisbatan tasdiqlash uchun alohida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish zarur.

Ma’lumot uchun, 11 avgust kuni Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Vaksina Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida tayyorlangan. Uning sinovida qatnashgan barcha ko‘ngillilarda koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing