Shifokor kaltaklangani aks etgan video bo‘yicha IIV izoh berdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda hijobli ayolning eri shifokorni kaltaklagani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat tarmoqning bir qancha faollari tomonidan go‘yo O‘zbekistonda sodir bo‘lgandek talqin qilingan. Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekistonda emas, balki Rossiya Federatsiyasining Nijnevartovsk shahrida sodir bo‘lgan. 

Xonadagi kuzatuv kamerasida yozib olingan lavhaga ko‘ra, shifokor hijobli ayolni tekshirgani uchun eri tibbiyot xodimini kaltaklab ketgan.

“Ijtimoiy tarmoq faollaridan O‘zbekistonda sodir etilgan, deb tarqatayotgan ma’lumotlarini to‘g‘irlab, tekshirib, so‘ng kanallariga joylashlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

949

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing