Hindistonda koronavirus “yonmoqda”. Bir sutkada 242 ming kishi vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Hindistonda bir sutka davomida 403 mingdan ortiq kasallanish aniqlanib, 242 ming nafardan ortiq kishi vafot etdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 157 million 289 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan 3 million 277 mingdan ziyod kishi vafot etgan (Yevropa vaqti bilan soat 9 may 16:43 holatiga ko‘ra). 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 786 943 yangi holati aniqlandi, 12 994 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (Toshkent vaqti bilan 10 may soat 11:20 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 158 million 337 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 293 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

  • AQSH birinchi o‘rinda (32 mln 300 mingdan ortiq bemor); 
  • ikkinchi o‘rinda Hindiston (22 mln 296 mingdan ortiq); 
  • uchinchi o‘rinda Braziliya (15 mln 82 ming milliondan ortiq);
  • to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5 mln 676 mingdan ortiq); 
  • beshinchi o‘rinda esa Turkiya (5 mln 16 mingdan ortiq) turibdi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 43 193 (shuningdek, ushbu davlatda 575 322 nafar kishi vafot etgan), Hindistonda 403 738 (242 362 nafar kishi vafot etgan), Braziliyada 78 886 (419 114 kishi vafot etgan), Fransiyada 20 745, Turkiyada esa 18 052 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

510

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing