Hindiston va Bangladeshga “Amfan” yopirildi. Qurbonlar soni oshib bormoqda

Olam

image

Sharqiy Hindiston va Bangladesh sohillarida kuchli “Amfan” siklonining yopirilishi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 21 may kuni “Hindustan Times” gazetasi ma’lum qildi.

"Siklon G‘arbiy Bengaliyaning butun janubiy qismiga ta’sir ko‘rsatdi. Qurbon bo‘lganlar soni 21 kishiga yetdi. Tabiiy ofat elektr ta’minotini uzib qo‘ydi va katta iqtisodiy zarar yetkazdi. Sohil bo‘yidagi turar-joy binolari, ko‘priklar va boshqa inshootlar vayron bo‘ldi. Zararni aniqlash uchun bir necha kun kerak bo‘ladi", dedi shtat rahbari Mamata Banerji.

"Biz koronavirus pandemiyasidan ko‘proq zarar ko‘rdik", dedi u.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Hindistonning sharqidagi Odisha shtatida ikki kishi, Bangladeshda esa siklon yetti kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya va Odisha shtatlarida tabiiy ofatdan oldin 450 mingga yaqin odam materik ichkarisiga ko‘chirilgan, Bangladeshda esa ikki milliondan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

“Amfan” sikloni Bengaliya ko‘rfazidan yaqinlashgan. Siklda shamolning o‘rtacha tezligi soatiga 155-165 kilometrni tashkil qiladi, shamol tezligi soatiga 190 kilometrgacha yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston tsiklon Bangladesh

Baholaganlar

993

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing