Hindiston koronavirus holatlari soni bo‘yicha yana jahon rekordini o‘rnatdi

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘tgan kun davomida Hindistonda 379 257 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 3,6 mingdan ortiq odam kasallikdan vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan. 

Bu pandemiya boshlanganidan buyon mutlaq rekord hisoblanadi. 

Xalqaro hamjamiyat mamlakatga yordam berish uchun kuchlarni birlashtirmoqda. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yetti kun ichida sayyoramizda qayd etilgan infeksiyalar umumiy sonining uchdan bir qismidan ortig‘i Hindistonga to‘g‘ri kelmoqda. 

Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 18,3 milliondan ortiq kishida COVID-19 kasalligi qayd etilgan. 

Avvalroq, Hindistonda yangi koronavirus holatlari ortishiga ommaviy yig‘ilishlar, emlashning past darajasi va virusning yuqumliroq turlari tarqalishi sabab bo‘lgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston koronavirus

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing