Haj ziyorati uchun O‘zbekistonga berilgan kvota oshirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilda 10 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga borishi mumkin. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot kotibi Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yillik tanaffusdan keyin qayta boshlangan Haj ziyorati uchun O‘zbekistonga 10 865 kvota ajratilgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 7 200 nafar edi.

Joriy yilda O‘zbekistonda bir nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. 2019 yilda Haj ziyorati xarajatlari 33,3 million so‘m edi. 

Ma’umot uchun, 2020, 2021 yillarda esa koronavirus pandemiyasi tufayli Saudiya Arabistoni hukumati xorijliklarga Haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

292

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing