Chang-to‘zon, yomg‘ir, momaqaldiroq... O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 3-4 may kunlari O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 3-4 mayda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

3-4 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi;

4 mayda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi;

3-4 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Kunduzgi havo harorati +22...+25 darajagacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1675

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing