Har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Jamiyat

image

2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi. 

Farmon bilan:

2020 yil 1 noyabrdan barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.

2021 yil 1 yanvardan: 

•    fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;

•    tajriba tariqasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda davlat organlari bilan elektron munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi;

•    barcha uchun ochiq bo‘lgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasi yaratiladi.

2021 yil 1 iyuldan Ochiq ma’lumotlar portalida davlat xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalarini ro‘yxatga olish va boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma’lumotlar onlayn  joylashtirib boriladi. 

2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir tuman va shaharlarda mavjud infratuzilma ob’ektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi.

2022 yil 1 yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlanadi.

2023 yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

internet

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing