Habibning qarori yaqin soatlarda ma’lum bo‘ladi

Sport

image

UFC rahbari Dana Uayt UFC’ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov haqida ma’lumot berdi.

Uayt rossiyalik bilan muzokaralari natijalari to‘g‘risida Toshkent vaqti bilan bugun, tungi soat 01:00 da xabar berishga va’da berdi.

"O‘tgan oqshom men yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmuhamedov bilan uchrashdim. Bugun, Nyu-York vaqti bilan soat 15:00 da, ACB telekanalida uning qarori va bu qaror Konor Makgregorning Dastin Pore bilan jangiga qanday ta’sir qilishi haqida aytaman", degan Uayt Twitter'dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov va Konor Makgregor o‘zaro 2018 yilda to‘qnash kelishgan. O‘sha jangda Konor “Dog‘iston burguti”ga qarshi uch daqiqa chidab berib, mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov 2020 yil 24 oktyabr kuni  Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, sportdagi faoliyati yakunlanganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

632

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing