O‘zbekistonda o‘qituvchilar haqida film va seriallar suratga olinadi

Jamiyat

image
Rasman: O‘zbekistonda maktablar ochilishi aniq bo‘ldi north_east

Rasman: O‘zbekistonda maktablar ochilishi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga oid film va seriallar suratga olinadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektorda shunday ko‘rsatma berdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari jamiyatda o‘qituvchi va ustozlarning obro‘yini ko‘tarishga e’tibor talab darajasida emasligini ta’kidladi.

“Bu yerda gap faqat moddiy rag‘bat haqida emas. Biz o‘zini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan har bir fidoyi muallimga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom muhitini shakllantirishimiz kerak. Bitta bolani 11-sinfgacha tarbiyalab, voyaga yetkazish qancha mashaqqat?! Ayniqsa, sinf rahbarlariga ko‘p narsa bog‘liq, biz ularni eshitishimiz, qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Maktabda o‘zgarish bo‘lmas ekan, hech qaysi sohada o‘zgarish bo‘lmaydi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng, o‘qituvchi va shifokorlarning fidoyi mehnati, yuksak hulq-atvori namunasini namoyon etish maqsadida to‘liq metrajli film va seriallar, ularning faoliyati haqida ko‘rsatuvlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev maktab o'qituvchi

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing