Bayrutdagi portlash: Qozog‘iston elchixonasi ostin-ustun bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda yirik portlash yuz bergani haqida xabar bergan edik.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisada 100 dan ortiq odam jarohatlangan. Hozirgacha 10 kishining jasadi topilgan. Portlash epimarkazi yaqinidagi vayronalar ostida yana odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Portlash Yaqin oradagi xorijiy davlatlar elchixonalariga ham zarar yetkazgan. Xususan, Qozog‘iston elchixonasi portlash kuchidan ostin-ustin bo‘lgan. Rossiya elchixonasining bir xodimi jabrlangan.

Shahar gubernatori bergan ma’lumotga ko‘ra, portlash natijasida Bayrutning yarmi talafot ko‘rgan. Odamlar portlash natijasida atrofga sochilgan shisha bo‘laklari va boshqa shu kabi narsalardan jarohatlangan.

Shuningdek, portlashga 1 yil avval musodara qilinib, omborda saqlab kelingan yonilg‘i (selitra) sabab bo‘lgani ham taxmin qilinyapti. Shu bilan birga pirotexnika vositalari va umuman boshqa portlovchi buyumlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Bayrut

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing