Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi ushlandi

3-sahifa

image

2010 yilda tug‘ilgan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi tomonidan 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan U.M. joriy yilning 3 iyun kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori-ijtimoiy xodimi lavozimida ishlagan S.B. voyaga yetmagan U.M. ni Andijon shaharda joylashgan ko‘p qavatli uyga olib borib, u bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 4 iyun kuni S.B. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning tegishli ajrimi bilan gumonlanuvchi tariqasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, yakunida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning yozishicha, gumonlanuvchi  2004 yilda Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida boks bo‘yicha qatnashib, bronza medaliga ega chiqqan taniqli bokschi.

“Andijonda viloyat IIB mayori, 41 yashar taniqli sportchining qamoqqa olingani xabari keldi. Andijon viloyati IIBning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha noziri bo‘lgan bu yigit 2004 yilgi Olimpiadaning boks bo‘yicha bronza medali sohibi edi”, deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘qituvchi voyaga yetmagan 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda 53 yoshli o‘qituvchi gumonlanayotgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Abdurahmon Tashanov IIB xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing