Yakkasaroyda o‘qishga kiritish uchun 5 500 dollar olganlar ushlandi
3-sahifa
−
21 may 1591 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida o‘qishga va ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning o‘tkazgan tezkor tadbirida fuqaro M.A. go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.X.ni Toshkent shahridagi universitetlardan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishi va oliygohni tamomlaganidan so‘ng ishga kiritib qo‘yishini aytib, 5,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etilgan edi.
Live
Barchasi