Juma kuni masjiddagi kutilmagan holat

Foydali

image

O‘g‘lim endi 5 yoshni qarshi oldi. Ammo ilm o‘rganishga chanqog‘i serob. Namoz o‘qishni sevadi...

"Meni ham masjidga olib boring", dedi juma kuni tongda. Juda ham sevindim. Bolamga sevgim har qachongidan oshdi.

Peshinga yaqin yo‘lga, masjidga otlandik. O‘g‘limni yelkamga ortib, yo‘lda Saodat asriga oid rivoyatlarni aytib kelardim. Masjid darvozasiga yaqin qolganimda birdan joyimda to‘xtab qoldim. Masjid darvozasi oldida Militsiya hodimlari turardi. Men bu haqida umuman o‘ylamagan edim. Bolamni yelkamdan olib yerga qo‘ydim. Militsiya hodimlaridan biri bizni ko‘rib biroz tikilib turdi. So‘ngra biz tomonga kela boshladi. Ochig‘i ko‘nglim g‘ash bo‘ldi. Bolamni masjiddan to‘sishmoqchi bo‘lishgani uchun emas, umrida ilk bora Allohning uyiga qadam qo‘ygan mo‘rg‘ak bolamda yomon xotira va Militsiya hodimlariga nisbatan adovat shakllanishidan. Bolam esa ko‘zida quvonch va hayajon bilan masjidga kelayotgan musulmonlarga qarar, barmoqlarimda mahkam siqib, o‘zida yo‘q quvonchni namoyon qilardi. Aynan ushbu holatida masjidga kirmasa bolajonimni naqadar ranjishini o‘ylab yanada mahzun bo‘ldim.

Militsiya xodimi oldimizga kelib gap ochdi:

– Bu yerda nima qilib turibsizlar?

– Masjidga keldik amaki – dedi, bolam mendan oldin quvonchini yashira olmay.

– Unda nima qilib turibsizlar?! Kirmaysizlarmi?

Kichkintoyni sovuqda ushlab turmang! – dedi.

Meni holatimni tasavvur qilavering. Men o‘g‘limdanda ko‘proq sevindim. Masjid tomon ohista qadam tashladik.

– Bizni ham duo qiling, iltimos, – dedi past ovozda.

Bolam esa “Dadajon, bu amaki masjidga kirmaydilarmi?” deb, savolga tutdi.

“Bu amaking seni, meni va masjidga kelganlarni tinchligini himoya qiladi”, dedim g‘ururlanib...

Umrimda ilk bor Militsiya xodimlarimiz bilan faxrlandim...

Xalqimiz hali ham organ xodimlariga ishonishni istar ekan. Xodimlar orasida shunday mehribon va g‘ayratli Vatanparvarlarimiz ko‘payaversin.


Jahongir Ibrohimov,
Azon.uz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Masjid Namoz

Baholaganlar

1289

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing