Julian Assanjning AQSHga ekstraditsiya qilinishi xavfli ekani aytildi

Olam

image

Avvalroq, Ekvador boshpana berishdan bosh tortgan Wikileaks asoschisi Julian Assanj Londonda hibsga olingani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 13 aprel kuni Julian Assanj o‘ta xavfli jinoyatchilarni ushlab turish uchun maxsus jihozlangan Belmarsh qamoqxonasiga yuborildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qamoqda avstraliyalik odil sudlov va uning AQSHga ekstraditsiya qilinishiga qarshilik ko‘rsatishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqishini kutadi. Uning himoyachilari Assanjni AQSHga berib bo‘lmasligini qat’iyan ta’kidlayapti.

“Britaniya sudlarining Qo‘shma Shtatlar so‘roviga nisbatan ehtiyotkorona yondashish zarurligi to‘g‘risidagi qarori bor. Negaki, AQSHda odamlarning ekstraditsiyaga erishgach, ularga yangi ayblovlar qo‘yish odati mavjud”, deydi Assanjning advokati Greg Barns.

Advokatlarning ta’kidlashicha, Assanj Wikileaks portalida e’lon qilingan amerikalik diplomatlar to‘g‘risidagi hujjatlar sabab ta’qib qilinyapti. Jurnalistning ishini BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari nazorat qilib boryapti.

Ma’lumot uchun, 2010 yilda mojarolarga sabab bo‘lgan sayt asoschisi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgandi. Biroq jurnalist Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishi arafasida Britaniyadagi Ekvador elchixonasidan boshpana topishga muvaffaq bo‘ldi va oxirgi yetti yil davomida o‘sha yerda saqlandi.

Ta’kidlash joizki, Wikileaks asoschisini qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniya va Fransiyada ham ommaviy kampaniya avj olgan. U yerda Assanjga boshpana berish kerakligini ta’kidlovchilar ko‘plab topiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Julian Assanj London

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing