O‘zbekistonliklar Kamerunning suvsiz hududida buloq ochdilar

Olam

image

Chikagodagi O‘zbekiston-Amerika uyushmasi Afrikaning Kamerun davlatida navbatdagi ichimlik suvini chiqazishdek xayrli ishni amalga oshirdilar.

Uyushma bir necha yillarlan buyon qurg‘oqchilik mavjud hududlarda ichimlik suvini topish va uni yer qa’ridan chiqarishga bosh-qosh bo‘lib keladi. Kamerundagi suv qudug‘i uyushmaning uchinchi saxovati sanaladi. U "Buloq-3" deb nomlangan.

Uyushma faollari Kamerun aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun mablag‘ to‘plash bo‘yicha marafonni ishga tushirdilar. Loyiha orqali Afrika mintaqasida suv chiqarish inshootini o‘rnatish belgilangan edi. 2018 yilning avgust oyiga kelib, xayriyachilar 4500 AQSH dollari miqdorida mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘lganlar.

Burg‘ulangan quduq Kamerundagi Bardap aholi punktiga o‘rnatilgan. Bu uyushma ko‘magida Afrika mamlakatlarida o‘rnatilgan uchinchi quduqdir. Xususan, o‘tgan yil may oyida chuqurligi 4,5 ming metr bo‘lgan artezian qudug‘i Chad Respublikasining Vassi qishlog‘ida paydo bo‘lgandi. U yerda 1700 kishi istiqomat qiladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 750 million kishi toza ichimlik suviga muhtoj, ularning 37 foizi Afrikada yashaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika Kamerun

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing