O‘zbekiston mudofaa vaziri Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 fevral kuni Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Pokiston Quruqlikdagi qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Nadim Raza boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ikki tomonlama ushrashuv doirasida mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatlararo harbiy va harbiy texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda harbiy ta’lim sohasida maqsadli aloqalarni yuqori pog‘onaga ko‘tarish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 21 fevral kuni Toshkenda Markaziy va Janubiy Osiyo Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshliqlarining navbatidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSH Qurolli Kuchlari SENTKOM qo‘mondoni ishtirok etadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Qurbonov

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing