O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

Sport

image

FIFA fevral oyi uchun milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi reytingda 89-pog‘onadan joy oldi. Avvalgi reytingga nisbatan terma jamoa 6 pog‘ona yuqorilaganini ta’kidlab o‘tish zarur. Osiyo bo‘yicha esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12-pog‘onada bormoqda.
 
Eron terma jamoasi hamon Osiyo bo‘yicha 1-pog‘onada bormoqda. Forslar umumiy jadvalda 22-o‘rinda borishmoqda. FIFA reytingini 1727 ochko jamg‘argan Belgiya terma jamoasi boshqarib turibdi. Amaldagi jahon chempioni Fransiya 2-o‘rinda, Braziliya esa 3-pog‘onada bormoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta g‘alaba (Ummon, Turkmaniston), 1ta mag‘lubiyat (Yaponiya) va 1 ta durang (Avstraliya) qayd etdi. Nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi 120 daqiqa 0:0 hisobi qayd etilib, vakillarimiz faqat penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

FIFA O'zbekistonmilliytermajamoasi

Baholaganlar

11

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing