O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta Dubulg‘a”ga yo‘l oldi

Sport

image

Joriy yilning 22-24 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlarda o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. Bugun, 20 fevral kuni musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz Germaniyaga jo‘nab ketishdi.

Ushbu reyting musobaqasida jahonning 98 mamlakatidan 721 nafar dzyudochi ishtirok etadi. 

Terma jamoa Dyusseldorfga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

Erkaklar:
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: G‘iyosjon Boboyev
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
-100 kg: Sherali Jo‘rayev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-78 kg: Nodira Yuldasheva.
 


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Katta Dubulg'a Dyussel'dorf

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing