O‘zbekiston bozorlarida rezina tuxumlar paydo bo‘ldimi?

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bozorlarida, xususan, “O‘rikzor” savdo majmuasida sun’iy tuxumlar sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Shu sababdan O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ogohlantiradi, deb yozmoqda O‘zA.

Mazkur holat yuzasidan kecha, 22 fevral kuni “O‘rikzor” savdo majmuasidagi do‘konlarda monitoring, ya’ni parranda tuxumi bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat o‘tkazilib, savdo yurituvchilarga sanitariya, xususan tibbiy daftarchalarga ega bo‘lish hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya ma’lumotlarini taqdim etish talablari qo‘yildi.

Shuningdek, savdoda bo‘lgan tuxumlardan namunalar olinib, har bir sotuvchining o‘zi guvohligida qisqa muddatli ko‘rgazmali tekshiruv o‘tkazildi. 

Xulosalarga ko‘ra, tekshiruv davomida tuxum namunalari iste’molga yaroqli ekani aniqlandi. 

Savdo majmuasi ma’muriyati VSEL, DSNEM, Toshkent shahar hokimligi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK tomonidan o‘zaro axborot almashishga kelishib, nazorat kuchaytirildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy tuxum O'rikzor savdo majmuasi

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar