Yer uchastkalari qanday hollarda olib qo‘yiladi?

Foydali

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida qanday hollarda yer uchastkasi olib qo‘yilishi haqida ma’lumot berildi.

Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlar faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:

mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;

xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;

avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob’ektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti ob’ektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi ob’ektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat ob’ektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish); 

aholi punktlari bosh rejalarini bajarish, shuningdek, qonunlar va Prezident qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda.


Maqola muallifi

Teglar

er

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing