YeCHLga raqobat qilayotgan Yevropa ligasi

Tahlil

image

Kecha, 18 aprel kuni Yevropa ligasining chorak final javob bahslari o‘tkazildi.

Bu bosqichning markaziy bahsiga Neapol mezbonlik qildi. Londonning “Arsenal” klubi “Napoli” mehmoni bo‘lgan holda kichik 0:1 hisobdagi g‘alabani tantana qildi. Uchrashuvdagi yagona gol Aleksandr Lyakazett hisobiga yozildi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Arsenal” 3:0 hisobini qayd etib, keyingi bosqichga chiqdi.

“Arsenal”ning yarim finaldagi raqibi Ispaniyaning “Valensiya” klubi bo‘ladi. Valensiyaliklar chorak finalda, ispan derbisida kecha “Vilyarreal” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi bahsda ham “Valensiya” safarda 3:1 hisobida mag‘lub etib qaytgan edi.

Chorak finalning gollarga boy qiziqarli uchrashuvi Londonda bo‘lib o‘tdi.

Angliyaning boshqa bir jamoasi “Chelsi” o‘z maydonida Chexiyaning “Slaviya” klubiga qarshi bahs olib bordi. Maydon egalari 4:3 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi. Dastlabki bahsda ham “aristokratlar” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga chexlardan 1:0 hisobida ustun kelgan edi.

“Chelsi”ning yarim finaldagi raqibi Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” jamoasi bo‘ladi.

Aslida nemis jamoasi chorak finalning ilk bahsida Portugaliyaning “Benfika”siga 4:2 xisobda imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Shu sababdan hamma frankfurtliklarga qiyin bo‘lishini taxmin qilayotgan bir paytda, ular chorak finalning javob bahsida omadni o‘z tomoniga og‘dira olishdi va 2:0 hisobida lissabonliklarni mag‘lub etdi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob tenglashdi 4:4. Ammo nemislar safarda urilgan gollar evaziga keyingi bosqichga chiqdi.

Endi yarim finalda “Arsenal” – “Valensiya”, “Chelsi” – “Ayntraxt Frankfurt”jamoalari bahs olib boradi. Yarim finalning dastlabki bahslari 2-may kuniga belgilangan. Javob bahslari esa, 9-mayga kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi

Baholaganlar

16

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing