Yashash uchun eng yaxshi va yomon shaharlar reytingi tuzildi. Unga Toshkent ham kiritilgan

Bu qiziq

image

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan dunyoda yashash darajasi eng yomon shahar deb topildi. Kompaniyaning rasmiy saytida yashash darajasi bo‘yicha shaharlar reytingi e’lon qilindi.

Reytingni tuzish uchun Mercer mutaxassislari shaharlardagi yashash sharoitlari, iste’mol tovarlarining mavjudligi, jamoat tarnsporti, ijtimoiy-siyosiy va madaniy vaziyat, ko‘ngilochar maskanlarning mavjudligi, tabiiy sharoit va iqtisodiy holatni inobatga olgan.

Natijada Bag‘dod oxirgi 231-o‘rinni egallagan. Markaziy Afrika Respublikasidagi Bangi shahri biroz yaxshiroq ko‘rsatkichga ega bo‘lib, 230-o‘rinda qayd etilgan. Yaman poytaxti Sano shahri 229-o‘rindan joy olgan.

Bulardan tashqari, 10 ta eng yomon shaharlar qatoriga Port-o-Prens (Gaiti), Xartum (Sudan), Ndjamena (Chad), Damashq (Suriya), Brazzavil (Kongo), Kinshasa (Kongo Demokratik Respublikasi) va Konakri (Gvineya) kiritilgan.

Mutaxassislar dunyoning yashash uchun dunyoning eng yaxshi shaharlarini ham aytgan. Ular orasida birinchi o‘rinni Vena, ikkinchi o‘rinni Syurix, uchinchi o‘rinni Vankuver egallagan. Ularning ortidan reytingda Myunxen, Oklend, Dyusseldorf, Frankfurt, Kopengagen, Jeneva va Bazel shaharlari o‘rin olgan.

Reytingga Toshkent shahri ham kiritilgan. O‘zbekiston poytaxti 231 shaha ichida 203-o‘rinni egallagan. Qozog‘istonning Olma-ota shahri 177-o‘rinda qayd etilgan. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek 206-o‘rindan, Turkmaniston poytaxti Ashxobod 211- o‘rindan, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri 215-o‘rindan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting shahar

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing