Yangi Mudofaa vaziri tayinlandi

Jamiyat

image

Biroz avval, DXX raisi Ixtiyor Abdullayev lavozimidan ozod etilgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan DXX raisligiga Abdusalom Azizov tayinlangani haqida xabar bergan edik. 

Shu bugunning o‘zida Mudofaa vazirligiga ham yangi rahbar tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Bahodir Qurbonov Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. 

Bahodir Qurbonov 2018 yilning 13 fevral kuni Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangandi. 

Unga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Ixtiyor Abdullaev Abdusalom Azizov Bahodir Qurbonov

Baholaganlar

1362

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing