Video: Samarqanddagi kafelarning birida qurtlagan go‘sht pishirilayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
26867Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida joylashgan kafelarning birida qurtlagan go‘shtni pishirib xo‘randalar dasturxoniga tortilgani aks etgan video tarqaldi.
"Xalq so‘zi" xabariga ko‘ra, videoda go‘shtdan tayyorlangan taomda zararkunanda hasharot qurtlar yurgani tasvirlangan. Videoni tasvirga olgan odam bu kafe Samarqand shahridagi Xishraf qo‘rg‘onida joylashgan “Ulfatlar” kafesi ekanini eslatib o‘tgan.
Tasvirlar qachon olingani ma’lum emas. Videoda dasturxondan boshqa hudud tasvirga tushirilmagan. Shu boisdan bu aynan o‘sha kafedan olinganini isbotlovchi ma’lumotlar yo‘q.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023