O‘zbekistonning 1994 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabasi kelishilganmidi?

Sport

image

Dunyo bo‘ylab, “kelishilgan o‘yinlar qiroli” deya e’tirof etiladigan Raj Perumal 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha turnir finalida o‘ynagan O‘zbekiston terma jamoasiga 80 ming dollar tikkanligini ma’lum qilgan.

Bu haqda u o‘z tajribasi va hayotidan kelib chiqib, "Kelishilgan o‘yinlar qiroli" nomli kitob yozgandi. Ushbu kitobda u 1994 yilgi Osiyo o‘yinlari finali haqida ham ikki og‘iz gapirib o‘tgan.

U o‘z bukmeker do‘stining maslahatiga ko‘ra, juftlikdagi autsayder – O‘zbekiston termasiga 50 ming dollar tikkan. Ammo ertasi kuni u kutilmaganda O‘zbekiston favorit bo‘lganini bilgan va ularning g‘alabasiga yana 30 ming dollar tikkan. 

“Chunki o‘zbekistonliklarning g‘alabasi aniq bo‘lib ulgurgandi. O‘zbekiston esa yakunda 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi va bosh sovrin egasi bo‘ldi. Aslida u o‘yin O‘zbekistondagilar uchun kelishilgan emas, termaning katta natijasi sanaladi”, deb yozadi Rossiya yangiliklar agentligi.

Barchangizga ma’lumki, Raj Perumal kelishilgan o‘yinlarning tashkilotchiligidagi muhim insonlardan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Raj Perumal

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar