O‘zbekiston yana bir futbol musobaqasiga mezbonlik qiladi

Sport

image

Ayni kunlarda Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari orqali Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa bo‘lajak muhim musobaqaga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga saralash o‘yinlarida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Osiyo chempionati saralash o‘yinlariga mezbonlik qilish bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga so‘rovnoma yuborgan. OFK mazkur so‘rovnomaga ijobiy javob qaytarib, U-16 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan tegishli guruhdagi o‘yinlar Toshkentda bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.

Saralash bahslari shu yilning sentyabr oyida o‘tkaziladi. Mazkur saralash o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi sanasi OFK tomonidan alohida e’lon qilinadi. Umumiy hisobda U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari quyidagi mamlakatlarda o‘tkaziladi:
 
G‘arbiy hudud: Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qatar.
 
Sharqiy hudud: Indoneziya, Laos, Myanma, Singapur, Vetnam.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing