O‘tayotgan haftaning yo‘qotishlari

Jamiyat

image

Yakunlanib borayotgan haftada o‘zbek ilm-fani, adabiyoti, madaniyati va san’atida katta yo‘qotishlar yuz {9be80f56}. El sevgan san’atkorlar, yozuvchi va davlat arboblari hayotdan ko‘z yumdi.
    


2019 yil 14 may, seshanba kuni O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva olamdan ko‘z yumdi.  U joriy yil 14 avgust kuni 89 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Yayra Abdullayeva o‘zbek folklari mohir {440aa5be} va raqs ustasi Tamaraxonimning jiyani bo‘lgan.

Taniqli o‘zbek aktrisasi Yayra Abdullayeva 1930 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Ijodiy faoliyatini 1944—1945 yillarda Gavhar Rahimova rahbarligidagi xotin-qizlar {beda40b2} boshlab, 1950 yilda A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 

Yayra Abdullayeva “Boy ila xizmatchi” filmidagi Gulbahor roli bilan 1953 yildan boshlab o‘zbek kino san’atida {bece5fef} faoliyatini boshladi, birin-ketin “Opa singil Rahmonovalar” (1954), “Stadionda uchrashamiz” (1956), “Hamza” (1960), “Vijdon amri bilan” (1967) kabi filmlarda suratga tudi.

Yayra Abdullayevaning sermazmun va serqirra ijodiy faoliyati yuksak {541be7cc}. 1964 yilda aktrisaga “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi. V.Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasida yaratgan Regina obrazi uchun 1967 yilda Respublika Davlat mukofotaga sazovor bo‘ldi.

Yayra Abdullayeva 1998 yilda “Do‘stlik” ordeni, 2011 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

 

16 may kuni aloqa sohasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan mehnat faxriysi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqachi Komiljon Rahimov vafot etdi. 

Komiljon Rahimov  1985 — 1995 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vaziri lavozimida, 1995 —1998 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan. Komiljon Rahimovning xizmatlari alohida e’tirof etilib, O‘zbekistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

 

El sevgan va elni sevgan Tohir Malik

16 may sanasi o‘zbek adabiyoti sahifasida qora kun bo‘lib qoldi. Bu kunda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 72 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Og‘ir operatsiyani boshdan kechirgan yozuvchi, operatsiyadan so‘ng o‘ziga kelmagan.  Tohir Malik marhum ulamo Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlab kitob yozmoqchiligi haqida Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan edi. 

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf prototip bo‘lgan badiiy {8be35d41} yozmoqchiman. Bu xotira yoki xronika bo‘lmay, XX asrning ikkinchi yarmidagi O‘zbekistondagi diniy ahvol, ulamolarning taqdirlari haqida hikoya qiluvchi badiiy {8be35d41} bo‘ladi”, deb aytgan edi adib.

Afsuski, Tohir {1abef7d6} bu ezgu orzusi amalga {df024be2}.  


Ma’lumot o‘rnida, Tohir Malik 1946 yil 27 dekabr kuni Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning Jurnalistika fakulteti kechki bo‘limida o‘qib, kunduzi qurilish ishlarida qatnashgan. 1966 yildan beri O‘zbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida,  nashriyotlarda faoliyat yuritgan. 2006 yildan buyon "Bekajon" gazetasi  Bosh muharriri bo‘lib ishlab kelayotgan edi. 

Yozuvchining bir qator asarlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. "So‘nggi o‘q" asari asosida yetti qismli, "Shaytanat" asari asosida yigirma qismli badiiy fil’m suratga olinib, namoyish etilgan.

Tohir Malik davlat tomonidan "O‘zbekiston xalq yozuvchisi" yuksak unvoni va "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan. 

 

Xorazm bulbuli Ortiq Otajonovning iqrori...

“Kecha bir to‘yda, Urganchda, shunday torni olib, ashula aytib boshlasam (ko‘z yoshini tiyolmay), qayoqdagi shaytonlar aylanib ketdi. Aytib {be617baf} darajada emas. Shu tor baribir mandan ajraladiku, yulvoladiku {87be6131} hayol kep qoldi. Sandanam ajralamanku baribir deb, hayolimga kelib ketti. Sal qoldi-da, kallam aylanib ketishiga, sal qoldi. Bir kulib o‘tirgan odamning yuziga ko‘zim tushib qoldi shu paytda, shu bilan yuragim joyiga tushib ketdi”, Ortiq Otajonovning “Eslab” (https://youtu.be/AD6paOquQeo) ko‘rsatuvida aytgan bu gaplari uning iqrori {1be1b72e}?

O‘zbek madaniyati va san’ati yana bir og‘ir judolikka uchradi. Xorazm bulbuli, O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov 17 may kuni 72 yoshida olamdan o‘tdi.  

O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov 1947 yil 30 yanvarda Xorazm viloyati {4bea2d95} tumani Xitoy qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ortiq Otajonov 1962 yil Xorazmdagi musiqa bilim yurtiga o‘qishga kiradi. U yerda {77b942be} sozanda Ozod Ibrohimovdan rubob chalish bo‘yicha saboq oladi.

Uning san’atkor bo‘lib yetishishida buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning o‘rni beqiyos bo‘lgan. 

Ortiq Otajonov to‘rt farzandning otasi edi. Uning o‘g‘li Ulug‘bek Otajonov otakasbni davom ettirgan. Qizi Karomatning o‘g‘li Ali Otajonov ham bobosining ortidan ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 aprel kuni Ortiq Otajonovning turmush o‘rtog‘i Gulsara Aminova vafot etgan edi. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing