Ahmadjonov Qatarga nega bordi?

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ayni kunlarda Qatar poytaxti Dohada bo‘lib turibdi.

O‘FA birinchi vitse-prezidentining nima sababdan Qatarda ekanligini bilish maqsadida QALAMPIR.UZ Umid Ahmadjonov bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ahmadjonov Qatar futbol uyushmasi prezidenti taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Qatarga borgan.

Ayni paytda Qatarda mahalliy klublar o‘rtasida “Qatar amiri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan poytaxt Dohaga bir qator mamlakatlarning futbol federatsiyalari va nufuzli futbol tashkilotlarining rahbarlari taklif etilgan.

Umid Ahmadjonov tashrif davomida Qatar futbol uyushmasi prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad al Taniy bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida futbol borasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. 

O‘FA birinchi vitse-prezidenti uchrashuv davomida keyingi paytlarda Qatarda futbol jadallik bilan rivoj topayotganligini alohida qayd etib, turli yoshdagi o‘smirlar va milliy terma jamoalari borasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, “Qatar amiri kubogi” finalida “Al Saad” va “Al Duhail” klublari g‘oliblik uchun maydonga chiqishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Umid Ahmadjonov O'fA

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing