“Tottenxem” yirik g‘alaba bilan uchinchi o‘ringa qaytdi

Sport

image

Angliya premer ligasining 34-tur doirasida Londonning “Tottenxem” jamoasi autsayder “Xaddersfild”ni gollar shousi bilan mehmon qildi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq mezbonlar tashabbusni qo‘lga olishdi. Avvaliga Viktor Vanyama hisobni ochgan bo‘lsa, jamoaning braziliyalik futbolchisi Lukas Moura xettrik qayd etib, jamoaga yirik g‘alabani taqdim etdi. 

Londonliklar ushbu g‘alabadan so‘ng turnir jadvalida 67 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

“Tottenxem” – “Xaddersfild” 4:0.
13 aprel. London shahri, “Tottenxem Xotspur Stedium”.

Gollar: 1:0 – Vanyama 24, 2:0 – Lukas Moura 27, 3:0 – Lukas Moura 87, 4:0 – Lukas Moura 90.

“Tottenxem”: Loris, Uoker-Piters, Vertongen (Rouz, 85), Sanches, Devis, Sissoko (Skipp, 74), Eriksen, Lukas Moura, Vanyama, Foyt, Lorente (Son Xyon Min, 87).

“Xaddersfild”: Xeymer, Gorens-Stankovich (Muy, 82), Xaderdjonay, Kongolo, Leve, Kachunga, Xogg, Shindler, Bakuna (Uilyams, 90), Durm (Mune, 69), Grant.

Ogohlantirishlar: Leve (45), Foyt (60), Bakuna (66), Vertongen (76).


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem prem'er liga

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing