Toshkentning ikki tumanida “BUSINESS CITY” quriladi. Uylar buziladimi?

Jamiyat

image

Bugun, 11 fevral kuni Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Mirzo-Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida joylashgan “BUSINESS CITY” loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 
 
Mazkur taqdimotda tadbirkorlar, potensial investorlar va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etadi. 

“Business city” markazlari bosh rejasi mahalliy va xorijiy yetakchi loyihalashtirish tashkilotlarini jalb etgan holda amalga oshirilmoqda. Qurilish ob’ektlari uchun yer maydonlari investorlarga eng yaxshi sarmoyaviy takliflarni saralab olish asosida beriladi. Bundan tashqari, Prezident qarori bilan investorlar, bosh pudratchi tashkilotlar va boshqa loyiha ishtirokchilari uchun  imtiyoz va afzalliklar taqdim etilishi ta’minlangan. 

“Mirzo Ulugbek Business City” loyihasi Amir Temur maydonidan Mustaqillik va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari bo‘ylab 6.5 km masofada amalga oshiriladi. “Yunusobad Business City” loyihasi esa Yangi Shahar va Chinobod ko‘chalari kesishmasida joylashgan. 

“Shuni alohida ta’kidlash joizki, barcha aholi va biznes vakillarining ko‘chmas mulk ob’ektlari qurilish maydoniga tushib qolsa, tegishli ravishda pul mablag‘lari ko‘rinishida yoki shaharning boshqa bir tumanida shunga o‘xshash mulk ko‘rinishida kompensatsiya bilan ta’minlanadi”, deyiladi loyiha koordinatorlari tomonidan berilgan rasmiy axborotnomada. 

Mazkur loyihalar doirasida zamonaviy “aqlli” uskunalar bilan jihozlangan mehmonxonalar, ko‘p qavatli turar-joy binolari, chakana savdo do‘konlari, ko‘p tarmoqli majmualar, idoralar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, qo‘p qavatli avtomobillar uchun to‘xtash joylari va qulay yo‘lovchilar o‘tish yo‘laklari qurilishi ko‘zda tutilgan.  
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BUSINESS CITY Yunusobad Business City Mirzo Ulugbek Business City

Baholaganlar

77

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing