Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 may kuni Toshkent shahar hokimligida ikkita yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda shahar ma’muriyati Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Hotambek Anvarovich Shokirov tayinlandi. Bungacha Hotambek Shokirov 2018 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rasining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Hotambek Shokirov 1970 yilda tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida tahsil olgan.

Toshkent shahar hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari ham tayinlandi. Bu lavozimni Alimardon Elomonovich Qarshiyev egalladi.

Alimardon Qarshiyev 1971 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Bu lavozimga tayinlanguncha Toshkent viloyati hokimiyatida jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosar lavozimida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tayinlov

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing