Tohir Malik Ko‘kcha qabristoniga dafn etiladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 16 may kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 72 yoshida vafot etdi. 

Og‘ir operatsiyani boshdan kechirib, o‘ziga kelmagan yozuvchi shifoxonadan olamdan o‘tdi. Uning tobuti bugun asr namozi oldidan Toshkentning Tinchlik dahasidagi xonadonidan ko‘tariladi. Marhum Toshkentdagi Ko‘kcha qabristoniga dafn etiladi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari va yozuvchining minglab mushtariylari nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 


Maqola muallifi

Teglar

Tohir Malik

Baholaganlar

82

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing