TIV: Tyumendagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:45 da Tyumen – Xanti-Mansiysk trassasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasidan xabar qilishlaricha, hodisa oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan, ulardan ikkitasi halok bo‘lgan. Bir kishi Tyumen shahrining 2-sonli shahar shifoxonasiga yetkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

1984 yil 21 fevralda tug‘ilgan Shuhratbek G‘ulomovich Toshkentboyev va 1983 yil 22 noyabrda tug‘ilgan Baxtiyor Tojiboyevich Sayaxmedov YTH oqibatida vafot etganlar. 

1976 yil 28 noyabrda tug‘ilgan Kurvonjon Mirzaliyevich Mirzaahmedov esa jarohat olgan. 

“Standar plus” MCHJ Mehnat muhojirlariga ko‘maklashish xalqaro assotsiatsiyasi (ishga qabul qiluvchi firma) ma’lumotiga ko‘ra, mehnat faoliyatini amalga oshirish ruxsatini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 20 ta yo‘lovchi bilan (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) Tobolsk shahridan Tyumen shahriga yo‘l olgan Mercedes rusumli mikroavtobus yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. 

Mikroavtobusdagi qolgan 17 nafar fuqaro jarohatlanmagan va keyinroq o‘z hujjatlarini rasmiylashtirib, Tobolsk shahriga qaytib kelgan. 

Mehnat muxojirlariga yordam berish xalqaro assotsiatsiyasi YTH bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari jasadlarini vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashini ma’lum qildi. 

Bosh konsulxona tomonidan hamyurtlarimizga amaliy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tashkilotlar bilan doimiy aloqa o‘rnatildi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Tashqi ishlar vazirligi Tyumen'

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing