Tarixga nazar: Ko‘hna qit’ada qaysi jamoalar trebl qayd eta olgan?

Tahlil

image

Mana nihoyat Yevropa Chempionlar ligasining muhim pallalariga yaqinlashmoqdamiz. Keyingi haftadan yarim final ishtirokchilari final uchun jangga kiradilar.

Chorak final natijalariga ko‘ra, turnir chempionligi uchun “Ayaks”, “Barsalona”, “Liverpul” va “Tottenxem” jamolari kurashni davom ettirmoqda. E’tiborlisi, bu jamoalarning ichidan ikkitasi bu yilgi mavsumni 3 ta sovrin bilan tugatish imkoniyatini o‘zida saqlab qolgan.

Gollandiyaning “Ayaks” klubi va Ispaniyaning “Barselona” jamoalari mamlakat chempioniligi, mamlakat kubogi, va YeCHLda g‘olib bo‘la olishsa, o‘ziga xos trebl egasiga aylanadi. Ya’ni bir mavsumda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqadi jamoa.

Tarixga nazar tashlasak, shu paytga qadar futbol muxlislari 5 ta treblga guvohlik qilishgan. Shu sababdan sizning e’tiboringizga shu paytga qadar trebl qayd eta olgan jamoalarni esalitib o‘tishni maqul ko‘rdik.

Ko‘rib turganingizdek, “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Inter” va “Bavariya” jamoalari trebl qayd eta olgan kam sonli jamoalar hisoblanadi. Bular orasida faqat “Barselona” ikki marta trebl qayd eta olib o‘ziga xos rekord egasiga aylanib olgan.

Dastlab, Angiliya jamoasi “Manchester Yunayted” 1999 yilda Ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida mavsum davomida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni o‘ziniki qilgan edi.

Jamoa Premer liga, Angliya FA kubogi va Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinlarini bir yilda klub muzeyida jamlay olishdi. YeCHLning finalida jamoa dramatik kechgan bahsda “Bavariya” bilan to‘qnashganini muxlislar juda yaxshi eslay oladilar. MYUning hozirgi murabbiyi qo‘shimcha daqiqalarda kiritgan gol evaziga “qizil iblislar” 1:2 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan edi ushanda.

Oradan naqd 10 yil o‘tib, bunday natijani Ispaniyaning “Barselona” klubi yana takrorlay oldi. Jamoadagi ilk mavsumidayoq Xosep Gvardiola Kataloniyaga oltin treblni tortiq etdi. 

Yodingizdami, bir paytlar Yohan Kroyf tatbiq etgan total futbolni yuqori nuqtaga chiqara olgan jamoaning poydevori aynan o‘sha yili qo‘yilgan edi. 

Ilk mavsumdayoq Gvardiola shogirdlari Ispaniya premerosi va kubogi, ularning yoniga Yevropaning eng nufuzli turniri kubogini ham qo‘shib, “Kamp-Nou”da joylashgan “Barselona” uy muzeyiga olib kelishdi.

Bundan tashqari kataloniyaliklar o‘sha yili bir yil ichida bitta jamoa qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan oltita sovringa ega chiqishdi. Yuqoridagi trebldan tashqari, Ispaniya va Yevropa superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining bosh sovrinini ham o‘zlariniki qilishdi. Qayd etish joiz bunday natijani “Barselona”dan oldin va undan keyin hech bir jamoa qayd eta olmagan.

“Barselona”ning sovrinli mavsumidan bir yil o‘tib, Gvardiolaning ashaddiy raqibi Mourino ham Milanning “Inter” klubi bilan uchta sovrinni birlashtira olgan edi.

Mavsum tugashi bilanoq, Italiya A seriyasi,  mamlakat kubogi va “shalpangquloq”ni yutib olgan murabbiy ko‘z-yoshlari bilan Madridga yo‘l oldi.

Undan keyin 2012-13 yilgi mavsumda Germaniyaning “Bavariya”si qariya Yup Haynkes bilan uchta sovrinni Myunhenga yig‘ishdi. Nemis jamoasi o‘zining eng yuqori formasida turgan payt bunday yutuqlarni yana qo‘lga kiritish maqsadida Germaniyaga Pep Gvardiola olib kelindi. Ammo uning boshchiligida jamoa uchta urinishlarning barchasida muvofaqqiyatsizlikka uchargan edi.

Beshinchi treblni qaysi jamoa qo‘lga kiritganini bilasizmi? Ha, adashmadingiz. Yana “Barselona”! Bu jamoa 2014-15 yilgi mavsumda trebl qayd etish bo‘yicha rekord natijaga erishdi. Luis Enrike boshchiligida Messi, Suares, Neymar, Inestalar Xavining “Barselona”dagi oxirgi mavsumini haqiqiy bayramga aylntira olgan edilar.

Shunday qilib tarixdagi shonli 5 ta treblni siz bilan yana xotirlab chiqdik. Balki bu mavsum ham yana bir jamoa treblni nishonlar. Buning uchun yuqorida aytib o‘tganimizdek, “Ayaks” yoki “Barselona” milliy chempionat, mamlakat kubogiga qo‘shib, YeCHL bosh sovrinini ham o‘ziniki qilishi kerak.

Ammo shu o‘rinda bir narsani yodingizga solmoqchiman: “Liverpul” va “Tottenxem” yuqoridagi jamoalarning trebl qayd etishini umumun xohlashmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL

Baholaganlar

81

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing