Taqdirdan qochib qutulib bo‘lmas

Bu qiziq

image

Ikki juftlik o‘smirlik chog‘larida bir paytda, bitta fonda suratga tushib qolganini oradan 20 yil o‘tib bildi. Bu haqida Sina Newsning ma’lumotiga tayanib O‘zA xabar bermoqda.

Xitoyning Sichuan provinsiyasi Chendu shahrida istiqomat qiluvchi juftlik o‘zlari bilmagan holda taxminan 20 yil muqaddam bir vaqtda, bitta fonda suratga tushib qolganini oilaviy albomda saqlanayotgan eski suratlardan payqab qolishdi.

Janob Ye va uning rafiqasi Xue xonim 2011 yilda Chendu shahrida tanishib qoladi. Bir muddatdan so‘ng turmush qurishadi. Hozirda ikki nafar qizni voyaga yetkazishmoqda.

Xabarda yozilishicha, ikkalasi ham 2000 yil iyul oyida Sindao shahridagi “To‘rtinchi may maydoni”ga tashrif buyurishgan. Juftlikka ma’lum bo‘lmagan ravishda, bir vaqtda, “To‘rtinchi may” monumenti fonida suratga tushgan.

Ayolning shaxsiy albomidagi suratda o‘zi, sal nariroqda bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i Yening suratga tushayotgani va orqa fonda monumentni ko‘rish mumkin. Eridagi rasmda esa monument va janob Yeni payqash mumkin.

Buni janob Yening onasi nevaralarini – ikki qizdan qaysi biri ko‘proq kimga: o‘g‘ligami yoki kelinigami – solishtirish uchun eski fotoalbomlarni tomosha qilayotganda bilib qolgan.

Ma’lumot o‘rnida, “To‘rtinchi may maydoni”ning yuzaga kelishi Versal shartnomasining 156 moddasi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, Xitoyga qarashli Shandun provinsiyasida nemislarning imtiyozi ko‘payadi, Sindao esa Yaponiya ixtiyoriga o‘tib, Xitoyning suveren hokimiyati rad etilgani yoziladi.

Xitoyliklar Versal bitimini o‘zlarining tahqirlanishi, deb qabul qilishadi. Butun mamlakat oyoqqa turgan; harakat 4 mayda Pekinda talabalar o‘rtasida ham davom ettiriladi.

Aynan 4 maydagi norozilik chiqishlari Xitoyning Versal shartnomasini imzolashni paysalga solishi uchun turtki bo‘ladi. Xitoy tomonga 1919 yilning kuzida Germaniyaga qarshi har qanday harakat tugaganligi ma’lum bo‘lgach, oradan 2 yil o‘tib, 1921 yilda “alohida bandlarga ega bo‘lgan yangi bitim”ga imzo chekadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Chendu

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing