Tadbirkor federatsiyaga rais etib saylandi

Sport

image

Bugun, 11 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining hududiy bo‘limlari vakillari, murabbiylar, hakamlar ishtirok etgan konferensiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.

Federatsiya raisi lavozimiga Feruz Tal’atovich Abdullayev nomzodi taklif etilgan. Ishtirokchilar bir ovozdan nomzodni qo‘llab-quvvatlashi natijasida, Feruz Abdullayev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining yangi raisiga aylandi. 

Ma’lumot uchun, Feruz Abdullayev 1976 yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkor.

Konferensiya davomida MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Tokio Olimpiadasida ot sporti bo‘yicha ham ishtirok etmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

“Bungacha rahbariyat katta hajmdagi ishni olib borgan. Buni yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, Tokio Olimpiadasida ot sporti bo‘yicha ham ishtirok etamiz. Federatsiyaning yangi rahbari ham MOQ ijroiya qo‘mitasi a’zoligidan joy oladi. Sport rivoji yo‘lida barchamiz bir oila sifatida ish olib boramiz”, – dedi Umid Ahmadjonov.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ yilqichilik va ot sporti Feruz Abdullaev

Baholaganlar

56

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing