Superligaga qaytgan “superklub”ning yaqinda ta’mirlagan “super” stadionini suv bosdi

Sport

image

Bir necha kundan beri tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir O‘zbekistonning qator hududlarida ham ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, Samarqand shahrida joylashgan “Dinamo” stadionini ham  bugun suv bosdi. Oldinroq butun boshli shahar ko‘chalarini ham suv bosgan edi.

Rasmdan ko‘rish mumkinki, stadionni to‘liq suv qoplab olgan. Uning holati odamga ko‘lni eslatib yuboradi. Bundan bilib olish mumkin, stadion umuman standartlarga javob bermaydi. Boisi zamonaviy stadionlarda bunday holatlar yuzaga kelmasligi lozim. Bundan tashqari stadion har mavsum “ta’mirlanadi”. Bunga tabiiyki davlat byudjetidan ancha-muncha mablag‘ ishlatiladi. Lekin Superliga klubining stadioni yana eski holatida qolaveradi.

Shu o‘rinda qayd etish joiz,  26 aprel kuni mana shu stadionda O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvi bo‘lib o‘tishi lozim.
 


Maqola muallifi

Teglar

Superliga

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing