Somali poytaxtidagi portlashda qurbonlar bor

Olam

image

“Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, poytaxt Mogadisho kvartallarining birida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlagan.

 Bu haqda voqeaga guvoh bo‘lgan politsiya va guvohlarga asoslanib xabar berilmoqda
 
Unga ko‘ra, Uordxigli tumanida bomba o‘rnatilgan mashina portlagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida qurbonlar bor, ammo ularning soni aniqlanmagan.

Portlash haqidagi xabarni bergan ofitserga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda qaysidir nodavlat tashkilot xodimlari gumanitar yordam sifatida aholiga oziq-ovqat tarqatayotgan bo‘lgan. 

“Biz halok bo‘lganlar va jabrlanganlar borligini bilamiz va bu haqda keyinchalik batafsil ma’lumot beramiz”, dedi ofitser.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing