Shomurodovning goli “Rostov”ga 3 ochko keltirdi

Sport

image

Kecha, 14 aprel kuni Rossiya premer ligasining 23-tur o‘yinlari o‘tkazildi. 

Tarkibida o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov harakat qilayotgan “Rostov” o‘z maydonida “Spartak Moskva” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yinning ikkinchi taymi 63-daqiqasida maydonga tushgan Eldor Shomurodov 80-daqiqada joriy mavsumdagi ikkinchi golini kiritib, “Rostov”ga 3 ochkoni taqdim etdi.

Yevrokuboklar zonasi uchun kurashayotgan jamoa ayni paytda 35 ochko to‘plab, turnir jadvalining 6-o‘rinida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

RPL Eldor Shomurodov Rostov

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing