Shodmonov Koreyadan quruq qo‘l bilan qaytmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiyasi Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat rahbarlarining yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga katta turtki bo‘lganini ta’kidlashdi. Shuningdek, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar yaratish, xususan, O‘zbekistondagi farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari hududida mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi qayd etildi.

Tomonlar Koreya Respublikasining dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun “DUR” (DrugUseRecord) markalash tizimi  tajribasi bilan tanishdi. Ushbu tizimning noyobligi shundaki,  uning yordamida mahsulotning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetib borish jarayoni kuzatib boriladi. Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiy sug‘urta va “E-Health” elektron sog‘liqni saqlash tizimi tajribasini O‘zbekistonga tatbiq etish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirlari tibbiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Koreya Respublikasining formatsevtika va biofarmatsevtika ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Shodmonov

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing